JANNATMONAND NAVOIY SHAHRINING SULIM BOG`LARI!

ENG YOSH, SANOATI VA IQTISODI RIVOJLANGAN NAVOIY!

JANNATMONAND NAVOIY SHAHRINING SULIM BOG`LARI!

» Navoiy shahar hokimi Muratxan Egamqulovning 1-oktabr Oqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram T A B R I G I

Navoiy shahar hokimi Muratxan Egamqulovning 1-oktabr Oqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram T A B R I G I

30-09-2022 12:20 ---

MUHTARAM USTOZLAR, SIZGA TAZIM, SIZGA TASHAKKUR!

Navoiy shahar hokimi Muratxan Egamqulovning 1-oktabr Oqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram
Navoiy shahar hokimi Muratxan Egamqulovning 1-oktabr  Oqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram T A B R I G I
T A B R I G I

Qadrli ustozlar, hurmatli oqituvchi va murabbiylar!

Har yili oltin kuz faslida 1-oktabr kunini xalqimiz kutlug bir ayyom sifatida qarshi oladi. Men ushbu qutlug bayram Oqituvchi va murabbiylar kuni bilan Siz aziz oqituvchilarni, barcha zahmatkash ustoz va murabbiylarni chin qalbimdan tabriklayman.

Albatta, ilk bor qolimizga qalam tutqazgan, barchamizga oqu qorani tanitgan, tafakkurimizni manaviyat va marifat saboqlari bilan boyitgan, qalb mehrini, koz nurini ayamagan, onadek mehribon, otadek gamxor, aziz va qalbidaryo ustozlarga kanchalik ehtirom korsatsak, ular oldida bosh egib, tazim qilsak arziydi.

Bugungi kunda mamlakatimizda ozining ilmu salohiyatini, bor kuch-gayratini yosh avlodga talim-tarbiya berishdek sharafli va masuliyatli ishga bagishlab kelayotgan oqituvchilar mehnati yanada qadrlanib, ularni boshqa sohalardagi turli qoshimcha ishlarga jalb etishga chek qoyildi, oylik maoshlari esa bir necha barobarga oshirildi. Albatta, bunday yuksak etibor, ragbat, qolaversa, yurtimizda yosh avlodni tarbiyalash va kamolga yetkazish yolida olib borilayotgan izchil islohotlar, ushbu sohani rivojlantirshga doir qabul qilinayotgan muhim dastur va qarorlar oqituvchi-pedagoglarni yanada ruhlantirib, ularni yangi va hayotbaxsh maqsadlar sari dadil qadam tashlashga undamoqda.

Hozirgi vaqtda Navoiy shahridagi talim muassasalarida ming-minglab salohiyatli, zahmatkash, kasbiga sodiq oqituvchi-pedagoglar faoliyat korsatib kelishmoqda. Yangi va zamonaviy namunadagi, ulug allomalarimiz nomlari bilan ataluvchi ijod maktablari, "Temurbeklar maktabi, Prezident maktablari va boshqa xususiy maktablar tashkil etilayotgani farzandlarimiz uchun yangidan-yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda.

Fursatdan foydalanib, umumtalim maktablarida otgan 2021-2022-oquv yilida erishilgan yutuqlar haqida fikr yuritar ekanmiz, bu muvaffaqiyatlar avvalo, jonkuyar va fidoyi pedagoglarimizning samarali mehnatlari natijasi desak, mubolaga bolmaydi. Otgan 2021-2022-oquv yilida umumtalim maktablari oquvchilari ortasida otkazilgan fan olimpiadalarining viloyat bosqichida Navoiy shahri maktablaridan qatnashgan oquvchilarning 37 nafari goliblikni qolga kiritdi. Fan olimpiadalarining respublika bosqichida shahrimizdagi 11-ayrim fanlar chuqurlashtirib oqitiladigan ixtisoslashtirilgan maktabi hamda 14-umumtalim maktabining iqtidorli oquvchilari yuqori orinlarni egallashdi. Shu yilning may oyida Toshkent shahrida kimyo fanidan otkazilgan 56-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida Navoiy shahar 11-AFCHOIM oquvchisi Sherzod Shaymatov bronza medalini qolga kiritib, viloyatimiz faxriga aylandi.

Oquvchi-yoshlarning bosh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida talim muassasalarida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 muhim tashabbus doirasida turli fan togaraklari, ijodiy hamda sport togaraklari tashkil etilib, ularga bilimga chanqoq va iqtidorli oquvchi-yoshlar jalb etilgan. Shuningdek, "Kamalak yulduzlari respublika korik-tanlovida 6-maktab oquvchisi, "Yosh kitobxon tanlovining viloyat bosqichida 11-maktab oquvchisi, "Yangi fikr respublika insholar tanlovida 11-, 12-maktablarning iqtidorli ogil-qizlari faxrli orinlarni egallashgani ham tahsinga loyiq.

Aytish joizki, umumtalim maktablarida jonkuyar va tashabbuskor murabbiylar say-harakatlari tufayli ogil-qizlarimiz sport musobaqalarida ham peshqadamlar safidan joy egallashayotgani quvonarlidir. Jumladan, 4-, 5-, 8-, 11-, 12-, 13-, 15-maktablarning sportsevar oquvchilari "Umid nihollari musobaqasida, "Yosh qutqaruvchilar harbiy-sport musobaqasida, "Yoshlik sport jamoalari, "Bolajonlar sport jamoalari, "Quvnoq startlar va koplab boshqa sport bellashuvlarida faol ishtirok etib, sovrinli orinlarni qolga kiritdilar. Bundan tashqari, oquvchi-yoshlar adabiyot, musiqa va sanat, chet tillarini mukammal organish, huquq, manaviyat, badiiy hunarmandchilik va boshqa qator yonalishlardagi festival va korgazmalarda, korik-tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, ustozlari ishonchini oqlab kelishyapti.

Bayram munosabati bilan shahrimizdagi sport murabbiylarining mehnat natijalarini alohida qayd etmoq zarur. Shahardagi Olimpiya zahiralari kolleji hamda BOSMlarda 5740 nafar yoshlar 10 ga yaqin sport turlari bilan shugullanishmoqda. Ular tomonidan 2022-yilning 6 oyi davomida milliy terma jamoalarga 175 nafar mahoratli sportchilar yetkazib berilgan. Joriy yilda shahrimiz sportchilari Ozbekiston chempionati va kubogi bahslarida 118 ta oltin, 135 ta kumush, 196 ta bronza medallarini qolga kiritishdi. Osiyo chempionati va kubogi bahslarida esa ular 12 ta oltin, 4 ta kumush va 115 ta bronza medallariga sazovor bolishdi.

Eng quvonarlisi, 2022-yilgi Jahon chempionati va kubogi musobaqalarida ham navoiyliklar 9 marta birinchi, 7 marta ikkinchi va 5 marta uchinchi orinlarga kotarilib, 21 ta medallarga ega chiqishdi. Joriy yil shaxmat boyicha xalqaro turnirda Zilola Aktamova, Ruxshona Bashritdinova, taekvondo VTF boyicha xalqaro turnirda Ruslan Xalilov, Doston Abduqodirov, kikboksing boyicha xalqaro musobaqada Sherzod Komilov, ogir atletika boyicha 6-xalqaro birdamlik musobaqasida Kumushxon Fayzullayeva, badiiy gimnastika boyicha xalqaro turnirda Shahrizoda Razakova, Shodiyona Hikmatullayeva, Aziza Abduganiyeva, para yengil atletika boyicha xalqaro Gran Pri turnirida Shaxboz Rajabov, taekvondo VTF boyicha xalqaro turnirda Behruz Samiyev singari koplab iqtidorli yosh sportchilarimiz yuqori orinlarni qolga kiritdilar.

Albatta, sportchilarimizning xalqaro maydonlarda shunday yuqori orinlarni egallashlarida ularga saboq bergan, mashgulotlarda chiniqtirgan, qolaversa, katta ishonch, qatiyat va ulkan tayyorgarlik bilan shogirdlarini xalqaro turnirlarga, musobaqalarga olib chiqqan Sanjar Aslanov, Mahmud Togayev, Nuriddin Toshov, Ikrom Haydarov, Bobir Toshpolatov, Doston Xojamov, Lyubov Kasimova, Gozal Mixliyeva, Ozoda Zokirova singari talabchan, jonkuyar murabbiylarning hissasi juda katta. Ana shundaymahoratli sportchilarni tayyorlayotgaan usta murabbiylar bilan har qancha faxrlansak ham oz.

Erishilayotgan bunday yutuqlar, avvalo, zahmatkash oqituvchilarning, talim sohasi fidoyilarining samarali mehnatlari mahsuli, desak ayni haqiqatni aytgan bolamiz.

Maktablarda xorijiy tillar boyicha Milliy va Xalqaro til bilish sertifikatini qolga kiritgan chet tili oqituvchilari kopchilikni tashkil etadi. Ular zamonaviy talim texnologiyalari asosida yoshlarga saboq berib kelishyapti. Otgan oquv yilida respublika miqyosida "Bir million dasturchi loyihasi doirasida informatika fani oqituvchilari ortasida otkazilgan "Top-100 respublika tanlovida 3-maktabning 2 nafar oqituvchisi goliblikni qolga kiritdi. "Ustoz 2022 tanlovining respublika bosqichida esa 6-maktab oqituvchisi T.Yoldosheva va "Yilning eng yaxshi ozbek tili oqituvchisi korik-tanlovining respublika bosqichida 11-maktab oqituvchisi Komila Rajabova faxrli 3-orinlarni egallashdi.

Maktablarda talim sifati va mazmunini yangi bosqichga kotarish, oqituvchilarning kasbiy mahoratini yanada oshirish maqsadida "Ustoz-shogird maktablari ham tashkil etilgan. Bunda tajribali pedagoglar yosh oqituvchilarga metodik yordam korsatib, darslarni zamonaviy pedagogik texnologiyalar, ilgor AKTlar yordamida olib borish yollarini orgatib kelishyapti.

Ha, bu hayotda har bir inson kim bolmasin, qaysi sohada mehnat qilmasin, shubhasiz, uning kamolotida, yetuk bir kasb egasi bolib ulgayishida muhtaram oqituvchi va murabbiylarning beqiyos hissasi bor. Shu bois yosh avlodning bilim egallashi, yaxshi tarbiyasi uchun koz nuri, qalb qori, butun borligini baxsh etadigan oqituvchi va murabbiylarni tom manoda fidoyi kasb egalari desak, mubolaga bolmaydi. Ular hamisha xalqimizning mehri va hurmatiga sazovor bolgan insonlar sifatida qadrlanib kelinmoqda.

Aziz ustoz va murabbiylar!

Men yana bir bor cheksiz ehtirom ila Siz aziz oqituvchi va murabbiylarni kasb bayramingiz bilan samimiy tabriklayman. Yosh avlod talim-tarbiyasi yolidagi mashaqqatli va sharafli ishlaringizda muvaffaqiyatlar yor bolishini tilayman.

Bayramingiz muborak bolsin!

Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bolsangiz, unda matnni belgilab, (CTRL + ENTER) tugmasini bosing va sayt administratoriga xabarnoma jonating.

Mashhur maqolalar
Fotosuratlar
barchasini korish
Ish tartibi

Ish vaqti: 08.30-18.00s
Dam olish: Shanba, Yakshanba

murojaat tartibi

Veb-sayt bo`yicha mas`ul

Nasirov Shuxrat Fayzulloevich
Tel: 0436-223-6250
E-mail: navoi@nv.uz

murojaat tartibi
© 2011-2018. Sensorika ishlanmasi Saytdan ma'lumot kochirilganda giper havola majburiy!