JANNATMONAND NAVOIY SHAHRINING SULIM BOG`LARI!

ENG YOSH, SANOATI VA IQTISODI RIVOJLANGAN NAVOIY!

JANNATMONAND NAVOIY SHAHRINING SULIM BOG`LARI!

Навоий шахар хокимлиги расмий сайти » Navoiy shahri » FARZANDLARIMIZDA EKOLOGIK MADANIYATNI RIVOJLANTIRAYLIK!

FARZANDLARIMIZDA EKOLOGIK MADANIYATNI RIVOJLANTIRAYLIK!

08-04-2020 16:54 Navoiy shahri

Bugun jamiyatning qanday bo’g’imida faoliyat yuritmaylik barcha intilishimiz, maqsadimiz davlat rivoji va yuksalishini ko’zlab harakatdamiz. Muhtaram yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, "Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz”.

Butun dunyo, insoniyat murakkab davrni boshdan kechirmoqda. Mamlakatimizning barcha hududlarida, jumladan, Navoiy shahrida ham epidemiologik vaziyatni yanada yaxshilash, aholi salomatligini har tomonlama himoya qilish uchun barcha zaruriy choralar ko’rilmoqda.

Bugun davlatimiz rahbari boshchiligida barcha rahbarlar, jumladan, Xalq vakillari bir maqsad, bir harakat yo’lida birlashmoqda. Bunday harakatni tom ma’noda jamiyat posbonlarining birlashishi, deb ham atash mumkin.

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi raisi boshchiligida qisqa fursatlarda aholining ehtiyojmand qatlamlariga deputatlar va sektor rahbarlari  ishtirokida kirib borib insonparvarlik yordamlari ko’rsatilganligi o’zbek xalqi qiyinchilik davrlarda bir-birini qo’llashining yaqqol namunasidir.

Mana shunday taxlikali, sinovli vaziyatda aholimizdan sarosimaga tushmagan holda o’z oilasi bag’rida bo’lishi so’ralyapti.

Uyda qoling va farzandingizga vaqt ajrating…

Mard va tanti xalqimizning otalari farzandli bo’lgach yaratganga shukronalar keltirib yerga nihol ekadi. Balki buni endigina dunyoga kelgan farzandining belgisi sifatida ekar. Otaning bu beminnat xizmati yillar o’tib o’z mevasini beradi, charchaganga hordiq, och qolganga ozuqa, qo’nimsizga boshpana, hattoki,  sovuq qotganga o’tin bo’la oladi, balki bu uning taqdiridir.

Ko’rkam nihol bilan o’sib borayotgan farzandlarimiz taqdirichi? Bugun biz bunga befarq bo’lmayapmizmikan?!

Uyda yig’ilib qolgan axlatlarni farzadimizga to’kib kelishga beramiz, go’yoki farzadimiz mehnat qilishga o’rgatyapmiz. Haqiqiy mehnat hashar qilishga kelganda esa, farzandimizni qo’liga ketmon, o’roq u yerda tursin, hattoki daraxtlarni tagini oqlashga ruxsat bermaymiz, go’yoki har bir ishning o’z egasi bor. Ana shundan keyin farzandimiz axlatni maxsus qutiga emas, yerga, ketmonni esa yerga emas, oyoqqa ura boshlaydi…

Mehnatga o’rganmagan immuniteti past farzandni to’rt devor ichida siqilib ketdi bolam, deb ko’chaga chiqaramiz, qancha vaqtga, qancha muddatga…?

Kim bilan edi, qachon keldi bu muhim emas, toza havo olgani muhim. Ming afsuski bugun yoshlar o’rtasida tamaki mahsulotlarini istemol qilish holatlari tez-tez uchramoqda. Ilgari zamonlarda otaxonlar davrasida urf bo’lgan chilim bugungi kunga kelib yoshlar o’rtasida brendga aylanmoqda.

Hurmatli ota-onalar, farzandlarimizning bo’sh vaqtlaridan unumli foydalanaylik, butun dunyoni lahzaga solayotgan COVID-19 infeksiyasi aksariyat qurbonlari tamaki mahsulotlarini istemol qiluvchilardir. Uning halokati nafas olish yo’llarining yallig’lanishi, o’pkaning qurishi bilan nihoyalanadi.

Bunday balodan farzandlarimizni va yaqinlarimizni saqlaylik.

Ekologik partiyadan saylangan deputat, ota sifatida shuni ayta olamanki, bugun har birimiz farzandlarimizda ekologik madaniyatni rivojlantirish, uni turli xil yod g’oyalardan saqlash, oilaga, vatanga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash, sportga, kitobga do’st qilishimiz har birimizning insoniylik burchimizdir.

Bekzad ULUG’NAZAROV,

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati.

FARZANDLARIMIZDA EKOLOGIK MADANIYATNI RIVOJLANTIRAYLIK!

Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo‘lsangiz, unda matnni belgilab, (CTRL + ENTER) tugmasini bosing va sayt administratoriga xabarnoma jo‘nating.

Mashhur maqolalar
Fotosuratlar
barchasini ko‘rish
Ish tartibi

Ish vaqti: 08.30-18.00s
Dam olish: Shanba, Yakshanba

murojaat tartibi
Давлат муассалари билан мулокот килиш максадида Интернет xизматларидан фойдаланганмисиз?

Ха, ва куп маротаба
Йук, ёки айтарли натижага эга булмаганман
Шахсан муассанинг узига мурожаат этганман
Бу хизматлардан бохабар эмасман

Veb-sayt bo`yicha mas`ul

Nasirov Shuxrat Fayzulloevich
Tel: 0436-223-6250
E-mail: navoi@nv.uz

murojaat tartibi
© 2011-2018. Sensorika ishlanmasi Saytdan ma'lumot ko‘chirilganda giper havola majburiy!