JANNATMONAND NAVOIY SHAHRINING SULIM BOG`LARI!

ENG YOSH, SANOATI VA IQTISODI RIVOJLANGAN NAVOIY!

JANNATMONAND NAVOIY SHAHRINING SULIM BOG`LARI!

KICHIK YELKALARDA KATTA TASHVISHLAR...

30-10-2020 12:44 Navoiy shahri

Shu kunlarda barcha ommaviy axborot vositalarida 15-oktyabrdan 15- noyabrgacha Respublikamiz bo’ylab o’tkazilayotgan "Huquqbuzarliklarga qarshi kurashish va xizmat faoliyatini takomillashtirish’’ oyligi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berilmoqda. Jumladan, viloyat IIB xodimlari tomonidan Navoiy shahri hududida o’tkazilgan reyd tadbiri diqqatimni tortdi. Maktab o’quvchilarining ko’cha-ko’yda nazoratsiz, maqsadsiz yurishi, ayniqsa, bolalik gashtini surish o’rniga arava tortib yurgan, savdo bilan shug’ullanayotgan, yollanma ishchi sifatida mehnat qilayotgan bolalarning holati ushbu maqolani yozishga undadi.

Hozirgi davrning eng dolzarb mavzularidan biri yoshlar, xususan, voyaga yetmagan shaxslar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning tobora ortib borayotganligidir. Bozorlarda, jamoat joylarida bolalarning ota-onalari tomonidan mehnatga jalb qilinayotganligini har qadamda uchratamiz. Shu o’rinda bir savol tug’iladi? Nega bu bolalar ayni ta’lim oladigan, katta hayotga qadam qo’yish uchun tayyorlanadigan, kelajak haqida rejalar tuzib, unga intiladigan bir davrida asosiy vaqtini ishlab pul topishga sarflashi kerak? Nega hurmatli ota-onalar bunga yo’l qo’yayapti? Bolasining topib kelayotgan ikki bo’lak noni qanday qilib tomog’idan silliq o’tayapti?

Tabiiyki, ma’naviyati hali to’la rivojlanib ulgurmagan, oq-qorani hali ajratolmaydigan, ko’chada nazoratsiz, maqsadsiz kezib yurgan bola har qanday odamni,  har qanday holatni ko’rishi mumkin. Vaziyatni to’g’ri tahlil qilolmasligiga-ku, shubha yo’q. Kim kafolat beradi, pulga yoki yengil hayot tarziga duch kelgan  odamga qo’shilib ketmasligiga, ko’cha kezib diydasi qotib, ba’zi vahshiyliklarga qo’l urmasligiga? Arzimagan pul uchun bolasini ko’chaga qo’yib qo’yayotgan ota onalar, siz kafolat bera olasizmi? Ertaga biror noma’qulchilikka qo’l urib qo’ysa, kelajakda yaxshi o’qiy olmagani sabab yomon yashayotganini sizning yuzingizga solsa vijdoningiz dosh bera oladimi? Qadrli ota-onalar, yaxshisi farzandingiz bilim olishiga qo’yib bering, kichkina yelkasiga katta mas’uliyat yuklamang, oila tashvishi-yu muammolarini o’ylashdan boshqa vazifalari ham bor dilbandingizning.

Shu o’rinda yana bir masala. Hech qachon farzandingizning agressiv xarakterni orttirib olishiga yo’l qo’ymang. Chunki qaltis vaziyatlarda odamni jarga yetaklaydigan yagona narsa bu jahl va g’azab bilan chiqarilgan qaror va xulosalardir. Ota-onalar! Bola tarbiyani uyida, sizdan oladi. Qilgan xatolari uchun bir kun kelib sizni ayblashi ham mumkin!  Huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldi jamiyatda emas, oilada olinishi kerak, avvalo. Shuning uchun bolalarga emas, birinchi navbatda tarbiyalovchi shaxslarga tushuntirish ishlari olib borilishi lozim.  Voyaga yetmagan shaxslar yashayotgan joyda sog’lom ma’anaviy muhit mavjud bo’lsa, butun jamiyatni o’ylantirayotgan yoshlar masalasi o’z yechimini topadi. Mana shuning uchun o’quv muassasalari xodimlari, mahalla, jamoat, hokimiyat vakillari bolaning qilgan xatolarini qarshisiga qo’lini qovushtirtirib turg’izib olgan holda muhokama qilishdan avval ular yashayotgan muhitni yaxshilashlari lozim. Xullas, kattalar jazolashdan  oldin oynaga qarab, o’z kamchiliklarini elakdan o’tkazib yaxshi tarbiyalashni o’rganishlari adolatdan bo’ladi.

Dilafro’z BOBOQULOVA,

Navoiy shahar 16-AFChIO’M

9-"V” sinf o’quvchisi.
KICHIK YELKALARDA KATTA TASHVISHLAR...

Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo‘lsangiz, unda matnni belgilab, (CTRL + ENTER) tugmasini bosing va sayt administratoriga xabarnoma jo‘nating.

Mashhur maqolalar
Fotosuratlar
barchasini ko‘rish
Ish tartibi

Ish vaqti: 08.30-18.00s
Dam olish: Shanba, Yakshanba

murojaat tartibi
Давлат муассалари билан мулокот килиш максадида Интернет xизматларидан фойдаланганмисиз?

Ха, ва куп маротаба
Йук, ёки айтарли натижага эга булмаганман
Шахсан муассанинг узига мурожаат этганман
Бу хизматлардан бохабар эмасман

Veb-sayt bo`yicha mas`ul

Nasirov Shuxrat Fayzulloevich
Tel: 0436-223-6250
E-mail: navoi@nv.uz

murojaat tartibi
© 2011-2018. Sensorika ishlanmasi Saytdan ma'lumot ko‘chirilganda giper havola majburiy!