JANNATMONAND NAVOIY SHAHRINING SULIM BOG`LARI!

ENG YOSH, SANOATI VA IQTISODI RIVOJLANGAN NAVOIY!

JANNATMONAND NAVOIY SHAHRINING SULIM BOG`LARI!

Íàâîèé øàõàð õîêèìëèãè ðàñìèé ñàéòè » Navoiy shahri » Navoiy shahar DAVLAT SOLIQ INSPEKSIYASI BOSHLIG‘INING 2022-YIL MAY OYI YAKUNI BO‘YICHA HISOBOTI VA TADBIRKORLARGA MUROJAATI

Navoiy shahar DAVLAT SOLIQ INSPEKSIYASI BOSHLIG‘INING 2022-YIL MAY OYI YAKUNI BO‘YICHA HISOBOTI VA TADBIRKORLARGA MUROJAATI

04-06-2022 16:38 Navoiy shahri, Yangiliklar

Bugungi kunda"Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida davlat soliq xizmati organlari tomonidan tadbirkorlar huzuriga borgan holda ularning muammolarini o‘rganib, ijobiy hal etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xususan, 2022-yilning may oyi davomida Navoiy shaharda 201ta korxonalarning muammolari batafsil o‘rganildi. Natijada, soliq xizmati organlari xodimlari ko‘magi bilan 89 ta muammolar ijobiy hal etildi. Bugungi kunda boshqa tashkilotlar bilan bog‘liq masalalar qat’iy nazoratga olinib, hamkorlikda hal etish choralari ko‘rilmoqda.

Shuningdek, o‘rganishlar davomida soliq turlari bo‘yicha 26ta subyektlarning 72.0 so‘m mavjud ortiqcha to‘lov summasi qaytarib berildi.

Ta’kidlash o‘rinliki, bugungi kunda soliq to‘lovchilarga qulayliklar yaratish maqsadida elektron xizmatlar ko‘rsatish ko‘lamining yanada kengaytirilayotgani muhim omil bo‘lmoqda. Masalan, bugungi kunga qadar viloyatda "E-ijara” avtomatlashtirilgan dasturiy mahsuloti orqali 2356ta shartnomalar ro‘yxatga olingan.

Darhaqiqat, Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, soliq to‘lovchilarga haqiqiy ma’noda ko‘makchi, o‘rgatuvchi bo‘lish soliq organlarining bosh vazifasiga aylanmoqda.

Masalan, joriy etilgan qator soliq imtiyozlari, soliq yuki va turlarining kamaytirilganligi to‘g‘risida tadbirkorlar o‘rtasida olib borilayotgan tushuntirish-targ‘ibot ishlari natijasida 53ta norasmiy ish o‘rinlari qonuniylashtirildi. Muhimi, fuqarolar muqim ish o‘rinlariga ega bo‘ldi.

Ayniqsa, turli sabablar bilan faoliyati vaqtincha to‘xtab qolgan tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ular faoliyatini tiklash borasida joriy yilning aprel oyi davomida samarali ishlar amalga oshirildi. Jumladan, ana shunday 15 ta korxonaning faoliyati tiklandi. Natijada, 28 ta yangi ish o‘rinlari yaratilib, davlat budjetiga 4 20.0 so‘m soliqlar tushishiga erishildi. E’tiborlisi, mazkur tadbirkorlik subyektlari ish boshlashi bilan ularga qo‘llanilgan ta’sirchan soliq mexanizmlari bekor qilinib, qariyb 3.0 so‘mlik mablag‘ ular ixtiyorida qoldirildi.

Bugungi kunda qo‘lida hunari bor yoki uyda yakka tartibda ma’lum faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan fuqarolarimiz talaygina. Ularning o‘zini o‘zi band qilishi, ish stajiga ega bo‘lishi uchun soliq xizmati organlari tomonidan doimiy ko‘mak ko‘rsatib kelinmoqda. Jumladan, joriy yilning aprel oyi yakuni bilan tuman(shahar)da 6 nafar fuqarolar o‘zini o‘zi band qilish tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tib, muayyan faoliyat turlari bilan muntazam shug‘ullanib kelmoqda. Eng muhimi, ularning 15 nafarini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etadi.

Hurmatli soliq to‘lovchilar! Biz soliq xizmati organlari xodimlari sizlarning muammolaringiz qonuniy hal etish, faoliyatingiz davomida yuzaga kelgan barcha tushunmovchiliklarga yechim topishda doimiy ko‘mak berishga tayyormiz.

Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo‘lsangiz, unda matnni belgilab, (CTRL + ENTER) tugmasini bosing va sayt administratoriga xabarnoma jo‘nating.

Mashhur maqolalar
Fotosuratlar
barchasini ko‘rish
Ish tartibi

Ish vaqti: 08.30-18.00s
Dam olish: Shanba, Yakshanba

murojaat tartibi
Èíòåðàêòèâ õèçìàòëàð õàêèäà ýøèòãàíìèñèç âà óëàðäàí ôîéäàëàíãàíìèñèç?

Õà, ôîéäàëàíãàíìàí
Éóê, óëàð õàêèäà ýøèòìàãàíìàí
Íèìà ó?
Óøáó õèçìàòëàðíè õà¸òãà êåíãðîê òàòáèê ýòèøñà
Èíòåðíåòäàí ôîéäàëàíìàéìàí

Veb-sayt bo`yicha mas`ul

Nasirov Shuxrat Fayzulloevich
Tel: 0436-223-6250
E-mail: navoi@nv.uz

murojaat tartibi
© 2011-2018. Sensorika ishlanmasi Saytdan ma'lumot ko‘chirilganda giper havola majburiy!