JANNATMONAND NAVOIY SHAHRINING SULIM BOG`LARI!

ENG YOSH, SANOATI VA IQTISODI RIVOJLANGAN NAVOIY!

JANNATMONAND NAVOIY SHAHRINING SULIM BOG`LARI!

» Navoiy shahri » E`lonlar » RASMIY MUNOSABAT

RASMIY MUNOSABAT

21-08-2023 00:00 Navoiy shahri » E`lonlar

Ijtimoiy tarmoqlarning birida "Bozordan tashqari savdo bilan shugullanayotgan ayollar va Navoiy bozori raisi ortasidagi janjal aks etgan murojaatga Navoiy shahar hokimligi RASMIY MUNOSABAT bildiradi.

Navoiy shahridagi "Saxovat bozori MCHJga qarashli Markaziy dehqon bozori hamda "Navoiy savdo kompleksi aksiyadorlik jamiyatiga qarashli buyum bozori ortasidan otgan yol boylab bir necha vaqtdan buyon fuqaro va tadbirkorlar tomonidan qolbola usulda savdo rastalari ornatilib, noqonuniy ravishda savdo faoliyati amalga oshirib kelinayotgan edi.

Ozboshimchalik, qonunlarga itoatsizlik oqibatida yuzaga kelgan mazkur "bozor bugungi kunda yongin xavfsizligi talablariga mutlaqo javob bermaydigan, sanitariya qoidalari va meyorlari, gigiyena normativlari inobatga olinmagan, shaharsozlik qoidalariga zid bolgan hududga aylanib ulgurgan edi.

Mazkur holat sotuvchilar, ayniqsa, fuqarolar (xaridorlar) uchun muayyan noqulayliklar tugdirib kelayotgan edi. Shu bilan birga "Saxovat bozori MCHJga qarashli Markaziy dehqon bozori hamda "Navoiy savdo kompleksi AJga qarashli buyum bozorining mazkur "bozorga tutash hududlarda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarning kuchli etirozlariga sabab bolib, respublikaning turli vazirlik va idoralariga kop sonli jamoaviy murojaatlar ham qilingan.

Shuningdek, "Navoiy savdo kompleksi AJga qarashli 3 qavatli savdo majmuasidagi tadbirkorlar tomonidan ham mazkur hududdagi noqonuniy savdo faoliyatiga chek qoyish yuzasidan kunlik murojaatlar soni ortib ketgan.

Ushbu joy favqulodda holatlarda maxsus avtomashinalarning tezkor harakatlanishi uchun moljallangan yol hisoblanadi.

Xabaringiz bor, avvalroq "Navoiy savdo kompleksi AJga qarashli 3 qavatli savdo majmuasida yuzaga kelgan yongin paytida ot ochirish avtomashinalarining voqea joyiga oz vaqtida yetib borishiga ham aynan mazkur hududda tartibsiz ornatilgan noqonuniy savdo rastalari tosqinlik qilgan.

Guvohi bolayotganingizdek, ommaviy axborot vositalari orqali ham respublikaning turli viloyatlaridagi bozor va savdo komplekslarida sodir bolayotgan yonginlar haqida xabarlar tarqalmoqda.

Aholi va tadbirkorlarning haqli etirozlarini, shaharsozlik normalari, yongin xavfsizligi talablari, sanitariya qoidalari, gigiyena normativlarini inobatga olib, mazkur hududdagi barcha (100 dan ortiq) savdo faoliyati bilan shugullanib kelayotgan fuqaro va tadbirkorlarni tezkor kochirish choralari korildi.

Mazkur tushuntirish, tozalash ishlarivaqtida bozor mamuriyati va ayrim sotuvchilar ortasida kichikkelishmovchiliklar kelib chiqqan.

Ushbu holatda bozormamuriyati va sotuvchilar bilan qonuniy tartibda tushuntrish ishlari olibborildi va 120 ta savdo rastalari yasatilib, "Navoiy savdo kompleksi AJning avtoturargohi yonidagi maxsus hududga vaqtincha ornatildi. Qura tashlash yoli orqali tadbirkorlarga savdo rastalari belgilab berilganligi ma'lum qilinadi.

Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bolsangiz, unda matnni belgilab, (CTRL + ENTER) tugmasini bosing va sayt administratoriga xabarnoma jonating.

Mashhur maqolalar

• : (79) 220-10-19, : 223-11-22
Fotosuratlar
barchasini korish
Ish tartibi

Ish vaqti: 08.30-18.00s
Dam olish: Shanba, Yakshanba

murojaat tartibi

Veb-sayt bo`yicha mas`ul

Nasirov Shuxrat Fayzulloevich
Tel: 0436-223-6250
E-mail: navoi@nv.uz

murojaat tartibi
© 2011-2018. Sensorika ishlanmasi Saytdan ma'lumot kochirilganda giper havola majburiy!