Navoiy shahar hokimligi rasmiy sayti > Maqolani chop etish > Rasmiy munosabat
Bosh sahifa > E`lonlar > Rasmiy munosabat

Rasmiy munosabat


30-05-2023, 12:56. Muallif: deputat


 

Markaz24.uz Ijtimoiy tarmog'ida "Dom qurishda Navoiycha innovatsiya" degan so‘zlar bilan e’lon qilingan murojaatga Navoiy shahar hokimligi RASMIY MUNOSABAT bildiradi.

Navoiy shahar hokimining 2020-yil 4-fevraldagi 041-sonli qarori bilan "AVS SCHOOL” NMTM tegishli bo'lgan shaharning 18-kichik tumani "Yoshlik” MFY hududida joylashgan "Nodavlat NMTM” binosi qurilishi uchun ajratilgan yer maydonidan "Sokol qismida noturar-joy obyektlari, birinchi qavatida 120 o'rinli nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi va ko'p qavatli turar-joy binosi” qurilishiga ruxsat berilgan, viloyat Qurilish bosh boshqarmasi huzuridagi "Arxitektura-shaharsozlik Kengashi”ning 2020-yil 7-fevraldagi 9-sonli va 2020-yil 22-maydagi 38-sonli yig‘ilishida obyektning bosh reja asosida joylashuvi ko'rib chiqilib, ma'qullangan, 2020-yil 2-iyul kuni 784-raqamli ART hujjatlari ishlab chiqilgan, "Navoiy loyiha” MChJ tomonidan obyektning loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgan, obyekt loyihasi "Arxstroy-ekspertiza” x/k tomonidan ekspertizadan o'tkazilgan, davlat xizmatlari markazi orqali 2020-yil 10-iyul kuni 20730864-raqamli viloyat QSHN inspeksiyasiga qurilishni boshlash uchun xabarnoma yuborilgan.

Inspeksiya tomonidan, yuqoridagi uy-joy qurilishida shaharning bosh rejasini buzib, obyektni joylashtirishda yo‘l qo‘ygan xato-kamchiliklari uchun vakolatli organ ma’sul xodimlariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy kodeksining 99-moddasi 5-bandi bilan ma’muriy choralar ko‘rilgan.

Shuningdek, "AVS SCHOOL” NMTM tegishli bo‘lgan "Nodavlat NMTM” binosi qurilishi uchun ajratilgan yer maydonidan "Sokol qismida noturar-joy obyektlari, birinchi qavatida 120 o‘rinli nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi va ko‘p qavatli turar-joy binosi” qurilishi arxitektura va shaharsozlik norma va qoidalarini buzgan holda olib borilayotganligini inobatga olib, binoning noqonuniy qismini buzdirish yuzasidan tegishli hujjatlar sud organlariga o‘tkazilgan.

 

Viloyat qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi

 



Ortga qaytish