Bosh sahifa > E`lonlar > Rasmiy munosabat
Rasmiy munosabat20-06-2023, 15:33. Muallif: deputat |
Ijtimoiy
tarmoqlarning birida Navoiy shahridagi daraxtlar sug‘orilmayotgani yuzasidan
e’lon qilingan murojaatga Navoiy shahar hokimligi RASMIY MUNOSABAT bildiradi.
Navoiy shahrining barcha hududlari, jumladan, daraxtlar, ekinlar va boshqa obodonlashtirish hududlari navbat bilan sug‘oriladigan tizim asosida sug‘orib kelinadi.
Murojaatda bayon qilingan hududda sug‘orish ishlariga kunduzgi va kechgi smenada navbatchilik tashkil qilingan bo‘lib, daraxtlar o'z vaqtida sug‘orib kelinmoqda.
Bundan tashqari ekilgan daraxt ko‘chatlari qurishining oldini olish maqsadida Navoiy shahar Obodonlashtirish boshqarmasi maxsus transport vositalari orqali kunlik sug‘orish ishlari tashkil etilgan. Ortga qaytish |