Navoiy shahar hokimligi rasmiy sayti > Maqolani chop etish > Rasmiy munosabat
Bosh sahifa > E`lonlar > Rasmiy munosabat

Rasmiy munosabat


27-06-2023, 11:03. Muallif: deputat
Ijtimoiy tarmoqlarning birida "Navoiy shahar "Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi shahar hokimligi bosh hisobchisi M.Bo‘matovaning shaxsiy jamg‘armasi bo‘lib qolgan go‘yo. Negaki, ehtiyojmandlarga berilishi kerak bo'lgan jamg‘arma mablag‘lari bot-bot hokimlik bosh hisobchisining yaqin qarindoshlariga tarqatilgan” degan so’zlar bilan e'lon qilingan murojaatga Navoiy shahar hokimligi RASMIY MUNOSABAT bildiradi. 

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-apreldagi 213-F sonli farmoyishining 8-bandiga asosan, tuman va shaharlarda har bir sektor rahbari tegishli mahallalar bilan birgalikda mahallalardagi har bir oilaning, fuqarolarning moddiy ahvolini o‘rgangan holda haftalik yordam ko‘rsatiladigan ehtiyojmand oilalar ro‘yxati va ularga berilishi kerak bo‘ladigan mablag‘lar, kundalik iste’mol tovarlari, dori vositalari va boshqa mahsulotlar hajmini shakllantiradi va yig‘ilgan ma’lumotlar xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga kiritilishi ko'rsatib o'tilgan.

Shu bois ushbu fuqarolarga ajratilgan pul mablag’lari birlamchi hujjatlari asoslantirilgan holda o’zi yashab kelgan MFYlardagi ijtimoiy komissiya tomonidan o‘rganilib, ijobiy xulosa berish natijasida sektorga chiqarilgan. Sektorlar tomonidan ushbu hujjatlar xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashiga muhokama uchun kiritilib, ushbu hujjatlar tasdiqlangandan so‘ng Kengash qaroriga asosan Saxovat va ko‘mak jamg’armasidan ko‘chirib berilgan.


Ortga qaytish