Bosh sahifa > E`lonlar > RASMIY MUNOSABAT
RASMIY MUNOSABAT25-07-2023, 00:00. Muallif: deputat |
Ijtimoiy tarmoqlarning birida "Navoiy shahar havosi juda yomonlashgani, temir yo‘l vokzali hududida joylashgan tadbirkorlar keramzit, ohak mahsulotlari ishlab chiqarishi natijasida atmosferaga katta miqdorda chang va inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi zararli moddalar, yomon hid chiqarayotgani” aks etgan murojaatga Navoiy shahar hokimligi RASMIY MUNOSABAT bildiradi.
Ohak sexlardan chiqadigan noxush hidlar yuzasidan tushgan murojaatlar bo‘yicha joriy yilning 3-iyun kuni Navoiy viloyat hokimligi tomonidan ¹03-03/387-son bilan tasdiqlangan ishchi guruh tuzildi. Mazkur Ishchi guruh tomonidan Navoiy shahrida faoliyat olib borayotgan MCHJlar faoliyati manzilli o‘rganildi.
Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil o‘rinbosarining joriy yilning 12-iyun kuni ohak sexlarida tekshirish o‘tkazish bo‘yicha berilgan ruxsatnomasiga asosan 12.06.2023-yilda Navoiy viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tomonidan 76-sonli buyruq ishlab chiqildi va barcha ohak sexlarida tezkor tekshiruv ishlari olib borildi.
Hozirgi kunda umumiy ohak ishlab chiqarish sexlarining faoliyati bo‘yicha o‘tkazilgan tekshirishlar yuzasidan jamlangan hujjatlardan 11 tasining faoliyatini to‘xtatish maqsadida ko‘rib chiqish uchun, 18 tasiga ma’muriy chora ko‘rish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha sudiga yuborildi va sud organlari tomonidan tegishli choralar ko‘rilganligi ma'lum qilinadi. Ortga qaytish |