Bosh sahifa > E`lonlar > RASMIY MUNOSABAT
RASMIY MUNOSABAT28-07-2023, 00:00. Muallif: deputat |
Ijtimoiy tarmoqlarning birida Navoiy shahar "Navoiy ko‘chasidagi 49a va 49b uylari yonida ("Gulshan” restorani ro‘parasida) uddaburon tadbirkorlar ikkita bolalar maydonchasi orasida pivo bar qurishga qaror qilishgani, tadbirkorlarning aytishicha, bu yer mahallaga tegishli bo‘lib, qurilishga mahalla ruxsat bergani hamda ushbu muammoni hal qilishda mas’ul shaxslardan amaliy yordam so‘ralgani” aks etgan murojaatga Navoiy shahar hokimligi RASMIY MUNOSABAT bildiradi.
Mazkur holat Navoiy shahar hokimligi hamda Uy-joy va yotoqxonalardan foydalanish boshqarmasi mas’ullari ishtirokida joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
Navoiy shahar hokimligi uy-joy va yotoqxonalardan foydalanish boshqarmasi tasarrufidagi Navoiy ko‘chasi 49a va 49b uylarda joylashgan 7 va 8-sonli yotoqxonalar hududida tadbirkor tomonidan "E-Auksion” elektron platformasi orqali savdo do‘koni qurish uchun yer maydoni olinganligi, qurilish buyumlari olib kelib qurilishni boshlaganligi, yotoqxona yashovchilari mazkur qurilishdan norozi bo‘lib chiqqanligidan so‘ng tadbirkor tomonidan qurilish materillari olib ketilib, mavjud muammo bartaraf etilganligi ma'lum qilinadi.
Navoiy shahar hokimligi Axborot xizmati Ortga qaytish |