Navoiy shahar hokimligi rasmiy sayti > Maqolani chop etish > Rasmiy munosabat
Bosh sahifa > E`lonlar > Rasmiy munosabat

Rasmiy munosabat


25-08-2023, 00:00. Muallif: deputat

Ijtimoiy tarmoqlarning birida "Navoiy shahar "Darxon” qurilish mollari bozori joylashgan qoq markazda tadbirkorlar bozorning tashqarisida qurilish xom ashyolarini sotishayotgani, bozor atrofida joylashgan turar joy binolarida yashovchi fuqarolar changdan zaharlanayotgani qayd etilgan” murojaatga Navoiy shahar hokimligi RASMIY MUNOSABAT bildiradi.

 

Mazkur murojaat yuzasidan Navoiy shahar hokimligi, shahar ekologiya bo‘limi, "Yoshlik 2021” BSK va "Yangihayot” MFY mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilib, "Darxon” savdo majmuasi yonida joylashgan Gʻalaba shoh ko‘chasi 204-uyning birinchi qavatida joylashgan qurilish mahsulotlari bilan savdo qiluvchi tadbirkorlar bilan tushuntirish ishlari olib borildi.

Murojaatda qayd etilgan maznildan qurilish chiqindilari olinganligi, atrof ko‘kalamzorlashtirilganligi hamda hududdagi daraxtlar va yerlarni sug'orish maqsadida qo‘shimcha yer osti nasoslari o‘rnatilganligi ma’lum qilinadi.

Navoiy shahar hokimligi Axborot xizmati


Ortga qaytish