Navoiy shahar hokimligi rasmiy sayti > Maqolani chop etish > MUNOSIB RAGʻBAT, EʼZOZ VA EʼTIROF
Bosh sahifa > Navoiy shahri, Yangiliklar > MUNOSIB RAGʻBAT, EʼZOZ VA EʼTIROF

MUNOSIB RAGʻBAT, EʼZOZ VA EʼTIROF


25-05-2021, 17:23. Muallif: deputat

Navoiy shahridagi 16 taʼlim maskanining 7 nafar oltin, kumush hamda bronza medallari sohibi boʻlishgan iqtidorli oʻquvchilari AIMO Osiyo xalqaro matematika olimpiadasiga qatnashish yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan edi.Shu munosabat bilan oʻquvchilar  va ularning ustozlari Navoiy viloyat hokimi  Q.Tursunovning tashakkurnoma va qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlandilar. Viloyat XTB boshligʻi M. Shamuratov va shahar XTB mudiri R. Xayitovalar tomonidan Xorazmiy avlodlari sanalmish iqtidorli oʻquvchilarning ustozlari va ota-onalariga oʻz minnatdorchiligini izhor qilib, oʻquvchi yoshlarga va ustozlariga qimmatbaho sovgʻalarni topshirishdi.

Osiyo xalqaro matematika olimpiadasi  avgust oyida Janubiy Koreyada boʻlib oʻtishi xabar qilingan olimpiadada Oʻzbekiston Respublikasi sharafini munosib himoya qilishida viloyatimiz yoshlariga omad yor boʻlishini tilab qolamiz.

MUNOSIB RAGʻBAT, EʼZOZ VA EʼTIROF

Ortga qaytish