Navoiy shahar hokimligi rasmiy sayti > Maqolani chop etish > SO‘NGI QO‘NG‘IROQ JARANGI
Bosh sahifa > Navoiy shahri, Yangiliklar > SO‘NGI QO‘NG‘IROQ JARANGI

SO‘NGI QO‘NG‘IROQ JARANGI


25-05-2021, 17:24. Muallif: deputat

Navoiy shahar xalq ta'limi bo‘limiga qarashli 1-sonli AFCHOʻIMda "Soʻngi qoʻngʻiroq” tadbiri boʻlib oʻtdi. Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi qahramoni, Navoiy kon metallurgiya kombinati direktori Q.Sanakulov, Oliy majlis deputati A.Toʻqsonov, "Muruvvat” MFY raisi A.Elmurodov, Navoiy shahar XTB boʻlimi MMIB boʻlim boshligʻi M.Boʻronovlar ishtirok etishdi.

Maktab bitiruvchilarini tabriklash uchun soʻzga chiqqan Oʻzbekiston Respublikasi qahramoni, Navoiy kon metallurgiya kombinati direktori Q.Sanakulov oʻz tabriklarini yoʻllash bilan bir qatorda Oʻzbekiston Respublikasining tarixida birinchi marotaba boʻlib oʻtgan tarixiy voqea, yaʼni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning maktab bitiruvchilariga yoʻllagan tabrigini oʻqib eshittirdi.

Tadbir oʻquvchilar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar bilan koʻtarinki ruhda davom etib, nihoyat soʻngi qoʻngʻiroq baralla chalinib, 2020-2021 oʻquv yilining 137 nafar bitiruvchilariga oq yoʻl tilandi.

SO‘NGI QO‘NG‘IROQ JARANGI

Ortga qaytish