Navoiy shahar hokimligi rasmiy sayti > Maqolani chop etish > “Yoshlar Markazi”da o’quv-seminarlari o’tkazildi
Bosh sahifa > Navoiy shahri, Yangiliklar > “Yoshlar Markazi”da o’quv-seminarlari o’tkazildi

“Yoshlar Markazi”da o’quv-seminarlari o’tkazildi


28-12-2016, 17:22. Muallif: deputat
"Yoshlar Markazi”da o’quv-seminarlari o’tkazildi
O‘zbekiston "Kamolot ” yoshlar ijtimoiy harakati tizimida 7 ta yirik "Yoshlar Markaz”lari, 85 ta "Yoshlar ijtimoiy xizmatlari markaz”lari mavjud. Markazlarda tashkil etilgan 347 ta to‘garaklarda 41 ta yo‘nalish bo‘yicha yoshlarga bepul ta’lim berish va kasbga o‘rgatish yo‘lga qo‘yilgan.Koordinatorlar va to‘garak rahbarlarining kasbiy mahoratini oshirish, o‘zaro tajriba almashinish uchun shart-sharoit yaratib berish maqsadida 2016-yilning 18-23 dekabr kunlari Navoiy viloyati "Yoshlar markazi”da malakali mutaxassislar bilan hamkorlikda o‘quv-seminar tashkil etildi.O’quvda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi "Yoshlar markaz”lari va "Yoshlar ijtimoiy xizmatlari markaz”larining koordinatorlari va to‘garak rahbarlari ishtirok etdilar.Kurslar O‘zbekiston ingliz tili o‘qituvchilari assotsiyatsiyasi, Navoiy viloyati ichki ishlar boshqarmasi, Navoiy viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti yetakchi o‘qituvchilari va malakali xodimlari tomonidan yuqori saviyada tashkil etildi.Bundan tashqari markaz rahbarlarining "Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati va "Kamalak” bolalar tashkiloti faoliyatiga oid bilimlari yanada oshirildi. Markazlar qoshidagi to‘garaklarga yoshlarni jalb etish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish, to‘garaklarga kam ta’minlangan oilalar farzandlari, tarbiyasi og‘ir va IIB profilaktik hisobida turgan, boquvchisini yo‘qotgan va uyushmagan yoshlarni jalb qilishga oid ko‘nikmalari oshirildi.O‘quv-seminar davomida to‘garaklarda o‘quvchilar tomonidan yaratilgan ma’lumotlar ko‘rgazmasi o‘tkazildi. "Raqs”, "Yosh aktyorlar”, "Milliy musiqa” va "Vokal” to‘garak rahbarlarining ijodiy chiqishlari tashkil etildi.O‘zaro tajriba almashish va Navoiy "Yoshlar Markazi” to‘garaklari bilan tanishish ishtirokchilarda katta taassurotlar qoldirdi.

Ortga qaytish