Bosh sahifa > Navoiy shahri, Yangiliklar > “BARCHA SHODLIK SENGA BO‘LSIN…”
“BARCHA SHODLIK SENGA BO‘LSIN…”29-12-2016, 10:09. Muallif: deputat |
Joriy yilning 23-dekabrida Navoiy davlat pedagogika instituti O‘zbek tili va adabiyoti fakultetining "O‘zbek adabiyoti” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning 80 yillik tavalludi munosabati bilan "Barcha shodlik senga bo‘lsin…” nomli adabiy-badiiy kecha o‘tkazildi. Tadbirni NavDPI rektori J.Taxirov ochib berdi. Shundan so‘ng tadbirning badiiy qismi boshlandi. Erkin Vohidov she’rlari, doston va dramalari asosida sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Tadbirga tashrif buyurgan talabalar va mehmonlar maroqli dam oldilar.
Ortga qaytish |