Bosh sahifa > Yangiliklar, E`lonlar > Àholini ro‘yxatga olishning maqsadi va asosiy vazifalari.
Àholini ro‘yxatga olishning maqsadi va asosiy vazifalari.27-12-2021, 11:08. Muallif: deputat |
Àholini ro‘yxatga olishning maqsadi va asosiy vazifalari.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida yaxlit va xar bir maʼmuriy-hududiy birlik boʻyicha aniq bir vaqtda yashovchi shaxslarning turli tavsiflari toʻgʻrisida xalqaro taqqoslana oladigan ishonchli, xolis va yaxlit maʼlumotlarni yagona statistik uslublar asosida yigʻish aholini roʻyxatga olishning maqsadi hisoblanadi. Quyidagilar aholini roʻyxatga olishni oʻtkazishning asosiy vazifalari hisoblanadi: ✅aholi tarkibidagi global oʻzgarishlarni baholash, demografik
siyosatni, aholi sogʻliqini mustahkamlash, ayollar va bolalar ahvolini
yaxshilash va oilalarga yordam koʻrsatish chora-tadbirlarini ishlab chiqish
uchun axborotlar bazasini kengaytirish; ✅ milliy barqaror rivojlanish maqsadlarini shakllantirish va uning amalga oshirilishi ustidan monitoring oʻtkazish; ✅ aholini roʻyxatga olish davrlari oraligʻida aholi soni va tarkibining joriy hisobini yuritish, aholi sonining hisobi va prognozlarini amalga oshirish uchun statistik bazani yaratish; ✅ ijtimoiy-iqtisodiy muammolar boʻyicha ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish.
Navoiy shahar statistika boʻlimi Ortga qaytish |