JANNATMONAND NAVOIY SHAHRINING SULIM BOG`LARI!

ENG YOSH, SANOATI VA IQTISODI RIVOJLANGAN NAVOIY!

JANNATMONAND NAVOIY SHAHRINING SULIM BOG`LARI!

» Normativ hujjatlar » Prezident Farmon va Qarorlari, VM Qarorlari » O'zbekiston Respublikasi Davlat mukofotlari

O'zbekiston Respublikasi Davlat mukofotlari

O'zbekiston Respublikasi Davlat mukofotlari

"O'ZBEKISTON QAHRAMONI" unvoni

"O'zbekiston Qahramoni" unvoni oliy darajadagi mukofot bo'lib, O'zbekiston Respublikasining fuqarolariga davlat va xalq oldidagi qahromonona jasorat ko'rsatish bilan bo'liq xizmatlari uchun beriladi. "O'zbekiston Qahramoni" unvoni ayrim hollarda O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lmagan shaxslarga ham berilishi mumkin. "O'zbekiston Qahramoni" unvoni bilan taqdirlangan shaxsga "Oltin Yuldiz" medali va unvoni berilganligi to'g'risidagi tegishli hujjat topshiriladi.

MUSTAQILLIK ordeni

"Mustaqillik" ordeni bilan O'zbekiston Respublikasining fuqarolari mustaqil huquqiy davlat barpo etish va uni mustahkamlashga, respublikada tinchlik va taraqqiyotni ta'minlashga qo'shgan ulkan hissalari uchun mukofotlanadilar. "Mustaqillik" ordeni bilan ayrim hollarda O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin.

AMIR TEMUR ordeni

"Amir Temur" ordeni bilan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari davlatchilikni mustahkamlashdagi ulkan xizmatlari, me'morchilikni, ilm-fan, adabiyot va san'atni, shu jumladan harbiy mahoratni rivojlantirishga qo'shgan ulkan hissalari uchun mukofotlanadilar. "Amir Temur" ordeni bilan davlatlararo hamkorlikni, tinchlikni hamda xalqlar o'rtasida do'stlikni mustahkamlash ishiga alohida hissa qo'shganlik uchun ham taqdirlanadilar. "Amir Temur" ordeni bilan O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin.

JALOLIDDIN MANGUBERDI ordeni

"Jaloliddin Manguberdi" ordeni bilan mamlakat mustaqilligini, Vatan sarhadlarini, ona yurt tuprog'ini himoya qilishda hamda uni ko'z qorachig'iday asrashda yuksak harbiy mahorat, qahramonlik va jasorat namunalarini ko'rsatgan, davlatimizning mudofaa qudratini mustahkamlashga ulkan hissa qo'shgan qo'mondonlik tarkibiga kiruvchi harbiy xizmatchilar mukofotlanadilar.

BUYUK XIZMATLARI UCHUN ordeni

"Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda xorijiy davlatlarning fuqarolari fan va texnikani, iqtisodiyot va madaniyatni rivojlantirishdagi katta xizmatlari, davlatlararo hamkorlikni rivojlantirishga hamda O'zbekistonning xalqaro obro'sini oshirishga qaratilgan ichki va tashqi siyosatni amalga oshirish ishiga sezilarli hissa qo'shganligi uchun taqdirlanadilar.

EL-YURT HURMATI ordeni

"El-yurt hurmati" ordeni bilan mamlakat mustaqilligini, uning iqtisodiy qudratini mustahkamlashga, milliy ma'naviyatni, madaniyatni yuksaltirishga katta hissa qo'shgan, o'z mehnati, ilmiy, jamoat ishi, mehnatsevarligi va vatanparvarligi bilan jamoatchilikning izzat-hurmatiga sazovor bo'lgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari mukofotlanadilar. "El-yurt hurmati" ordeni bilan O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lmagan shaxslar ham mukofotlanishlari mumkin.

FIDOKORONA XIZMATLARI UCHUN ordeni

"Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni bilan mamlakatning iqtisodiy va madaniy yuksalishiga, mudofaa qudratini kuchaytirish va milliy xavfsizligini ta'minlashga, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni, millatlararo hamjihatlikni mustahkamlashga, xalq farovonligini oshirishga katta hissa qo'shgan, o'zining iste'dodi, bilim va tajribasini Vatanimiz ravnaqiga baxsh etib, fidoyilik namunasini ko'rsatib kelayotgan fuqarolar va harbiy xizmatchilar mukofotlanadi. "Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni bilan O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin.

MEHNAT SHUHRATI ordeni

"Mehnat shuhrati" ordeni bilan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari O'zbekistonda iqtisodiyot va madaniyat yuksalishiga, xalq farovonligi oshishiga, tinchlik va barqarorlik saqlanishiga xizmat qiladigan ulkan ishlari uchun mukofotlanadilar. Mustasno hollarda "Mehnat shuhrati" ordeni bilan O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin.

SOG'LOM AVLOD UCHUN ordeni (birinchi darajali)

"Sog'lom avlod uchun" ordeni bilan kishilar onalik va bolalikni muhofaza qilishdagi, sog'lom avlodni kamol toptirish uchun eng yaxshi moddiy sharoit va axloqiy muhitni ta'minlashdagi alohida xizmatlari uchun mukofotlanadilar. "Sog'lom avlod uchun" ordeni ikki darajadan iborat bo'ladi: "Sog'lom avlod uchun" ordeni bilan O'zbekiston Respublikasining fuqarosi bo'lmagan kishilar ham mukofotlanishlari mumkin.

SOG'LOM AVLOD UCHUN ordeni (ikkinchi darajali)

"Sog'lom avlod uchun" ordeni bilan kishilar onalik va bolalikni muhofaza qilishdagi, sog'lom avlodni kamol toptirish uchun eng yaxshi moddiy sharoit va axloqiy muhitni ta'minlashdagi alohida xizmatlari uchun mukofotlanadilar. "Sog'lom avlod uchun" ordeni bilan O'zbekiston Respublikasining fuqarosi bo'lmagan kishilar ham mukofotlanishlari mumkin.

SHON-SHARAF ordeni (birinchi darajali)

"Shon-sharaf" ordeni bilan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari Vatanni himoya qilishda ko'rsatgan fidoyilik va mardlik uchun, O'zbekistonda mudofaa qudratini va milliy xavfsizlikni mustahkamlash, qurolli kuchlarning jangovar tayyorgarligini oshirish va huquq-tartibotni ta'minlash ishidagi katta xizmatlari uchun mukofotlanadilar. Mustasno hollarda "Shon-sharaf" ordeni bilan O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin. "Shon-sharaf" ordeni ikki darajadan iborat bo'ladi:

SHON-SHARAF ordeni (ikkinchi darajali)

"Shon-sharaf" ordeni bilan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari Vatanni himoya qilishda ko'rsatgan fidoyilik va mardlik uchun, O'zbekistonda mudofaa qudratini va milliy xavfsizlikni mustahkamlash, qurolli kuchlarning jangovar tayyorgarligini oshirish va huquq-tartibotni ta'minlash ishidagi katta xizmatlari uchun mukofotlanadilar. Mustasno hollarda "Shon-sharaf" ordeni bilan O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin.

DO'STLIK ordeni

"Do'stlik" ordeni bilan O'zbekiston Respublikasining fuqarolari O'zbekistonda yashayotgan barcha millat va elatlarning vakillari o'rtasida do'stlik, o'zaro hamjihatlik va totuvlikni mustahkamlash ishida erishgan katta yutuqlari, O'zbekiston xalqining boshqa mamlakatlar xalqlari bilan do'stlik va har taraflama hamkorligini rivojlantirganliklari uchun mukofotlanadilar. "Do'stlik" ordeni bilan O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin.

JASORAT medali

"Jasorat" medali bilan O'zbekiston Respublikasi harbiy xizmatchilari, Milliy xavfsizlik xizmatining va ichki ishlar organlarining xodimlari respublikaning milliy xavfsizligini ta'minlash, jamoat tartibini saqlash va jinoyatchilikka qarshi kurashda, harbiy burchni yoki xizmat burchini ado etish vaqtida ko'rsatgan mardlik va jasoratlari uchun mukofotlanadilar. "Jasorat" medali bilan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari yoki O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lmagan shaxslar tabiiy ofat, yong'in va boshqa favqulodda holatlar vaqtida jamoat tartibini saqlashda, odamlar hayotini, davlat va jamoat mulkini saqlab qolishda ko'rsatgan jasoratlari uchun mukofotlanishlari mumkin.

SODIQ XIZMATLARI UCHUN medali

"Sodiq xizmatlari uchun" medali bilan yuksak kasbiy mahoratini, harbiy va vatanparvarlik burchiga sadoqatini namoyon etgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari mamlakatning mudofaa qobiliyati hamda milliy xavfsizligini mustahkamlash, O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining jangovar shayligini oshirish va O'zbekistonda huquq-tartibotni ta'minlash ishidagi katta xizmatlari uchun mukofotlanadilar. "Sodiq xizmatlari uchun" medali bilan ayrim hollarda O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin

SHUHRAT medali

"Shuhrat" medali bilan respublika iqtisodiyoti, fani va madaniyatini rivojlantirish, yosh avlodni vatanparvarlik hamda milliy istiqlol va ijtimoiy taraqqiyot g'oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishida o'zining halol mehnati bilan katta yutuqlarga erishgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lmagan shaxslar mukofotlanadilar.

ZULFIYA nomidagi davlat mukofoti

O'zbekiston Respublikasining Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti maktab, litsey, kollej va oliy o'quv yurtlarida a'lo hulqi, o'qishdagi muvaffaqiyatlari, ijtimoiy faolligi bilan alohida iste'dodini namoyon qilib ta'lim olayotgan, istiqlol g'oyalarini amalga oshirish yo'lida astoydil mehnat qilayotgan 14 yoshdan 22 yoshgacha bo'lgan iqtidorli qizlarga adabiyot, madaniyat, san'at, fan, ta'lim sohalaridagi hamda jamoatchilik faoliyatidagi alohida yutuqlari uchun beriladi. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bittadan vakilalariga, jami 14 ta beriladi.

Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bolsangiz, unda matnni belgilab, (CTRL + ENTER) tugmasini bosing va sayt administratoriga xabarnoma jonating.

Mashhur maqolalar
Fotosuratlar
barchasini korish
Ish tartibi

Ish vaqti: 08.30-18.00s
Dam olish: Shanba, Yakshanba

murojaat tartibi

Veb-sayt bo`yicha mas`ul

Nasirov Shuxrat Fayzulloevich
Tel: 0436-223-6250
E-mail: navoi@nv.uz

murojaat tartibi
© 2011-2018. Sensorika ishlanmasi Saytdan ma'lumot kochirilganda giper havola majburiy!