Bosh sahifa > E`lonlar > RASMIY MUNOSABAT
RASMIY MUNOSABAT21-08-2023, 00:00. Muallif: deputat |
Ijtimoiy tarmoqlarning birida "Bozordan tashqari savdo bilan shug‘ullanayotgan ayollar va Navoiy bozori raisi o‘rtasidagi janjal aks etgan” murojaatga Navoiy shahar hokimligi RASMIY MUNOSABAT bildiradi.
O‘zboshimchalik, qonunlarga itoatsizlik oqibatida
yuzaga kelgan mazkur "bozor” bugungi kunda yong‘in xavfsizligi talablariga
mutlaqo javob bermaydigan, sanitariya qoidalari va me’yorlari, gigiyena
normativlari inobatga olinmagan, shaharsozlik qoidalariga zid bo‘lgan hududga
aylanib ulgurgan edi. Mazkur holat sotuvchilar,
ayniqsa, fuqarolar (xaridorlar) uchun muayyan noqulayliklar tug‘dirib
kelayotgan edi. Shu bilan birga "Saxovat bozori” MCHJga qarashli Markaziy
dehqon bozori hamda "Navoiy savdo kompleksi” AJga qarashli buyum bozorining
mazkur "bozor”ga tutash hududlarda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarning
kuchli e’tirozlariga sabab bo‘lib, respublikaning turli vazirlik va idoralariga
ko‘p sonli jamoaviy murojaatlar ham qilingan. Shuningdek, "Navoiy savdo kompleksi” AJga qarashli 3
qavatli savdo majmuasidagi tadbirkorlar tomonidan ham mazkur hududdagi
noqonuniy savdo faoliyatiga chek qo‘yish yuzasidan kunlik murojaatlar soni
ortib ketgan. Ushbu joy favqulodda holatlarda maxsus
avtomashinalarning tezkor harakatlanishi uchun mo‘ljallangan yo‘l hisoblanadi. Xabaringiz bor,
avvalroq "Navoiy savdo kompleksi” AJga qarashli 3 qavatli savdo majmuasida
yuzaga kelgan yong‘in paytida o‘t o‘chirish avtomashinalarining voqea joyiga
o‘z vaqtida yetib borishiga ham aynan mazkur hududda tartibsiz o‘rnatilgan
noqonuniy savdo rastalari to‘sqinlik qilgan. Guvohi
bo‘layotganingizdek, ommaviy axborot vositalari orqali ham respublikaning turli
viloyatlaridagi bozor va savdo komplekslarida sodir bo‘layotgan yong‘inlar
haqida xabarlar tarqalmoqda. Aholi va
tadbirkorlarning haqli e’tirozlarini, shaharsozlik normalari, yong‘in
xavfsizligi talablari, sanitariya qoidalari, gigiyena normativlarini inobatga
olib, mazkur hududdagi barcha (100 dan ortiq) savdo faoliyati bilan
shug‘ullanib kelayotgan fuqaro va tadbirkorlarni tezkor ko‘chirish choralari
ko‘rildi. Mazkur tushuntirish, tozalash ishlarivaqtida bozor ma’muriyati va ayrim sotuvchilar o‘rtasida kichikkelishmovchiliklar kelib chiqqan. Ushbu holatda bozorma’muriyati va sotuvchilar bilan qonuniy tartibda tushuntrish ishlari olibborildi va 120 ta savdo rastalari yasatilib, "Navoiy savdo kompleksi” AJning avtoturargohi yonidagi maxsus hududga vaqtincha o‘rnatildi. Qur’a tashlash yo‘li orqali tadbirkorlarga savdo rastalari belgilab berilganligi ma'lum qilinadi. Ortga qaytish |