JANNATMONAND NAVOIY SHAHRINING SULIM BOG`LARI!

ENG YOSH, SANOATI VA IQTISODI RIVOJLANGAN NAVOIY!

JANNATMONAND NAVOIY SHAHRINING SULIM BOG`LARI!

RASMIY MUNOSABAT

29-07-2023 00:00 Navoiy shahri » E`lonlar

Ijtimoiy tarmoqlarning birida "Navoiy shahar hokimligi nomiga 5 milliard 300 million so‘m qarzi bor ekan” degan so‘zlar bilan e‘lon qilingan murojaatga Navoiy shahar hokimligi RASMIY MUNOSABAT bildiradi.

Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-iyundagi "Navoiy viloyat umumta’lim maktablari o‘quvchi yoshlari o‘rtasida "Umid nihollari-2012” Respublika sport musobaqalarining final bosqichini yuqori saviyada o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish to‘g‘risida”gi 07-5-30-sonli yig‘ilish bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-maydagi 97-sonli qarorida belgilangan tartibda Navoiy shahar hokimining 2011-yil 16-sentabrdagi Q-652/09-sonli Navoiy shahar G‘alaba shoh ko‘chasidagi uy-joylarni zamonaviy tarzda qayta qurish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan.

Shu munosabat bilan Gʻalaba shoh ko‘chasidagi 165 ta xonadon yo‘lning kengayishiga (yo‘l gabaritiga) tushganligi sababli noqonuniy egallangan yer buzdirilgan. Hozirgi kunda Gʻalaba shoh ko‘chasida yo‘l gabaritiga tushganligi sababli buzdirilgan uy-joylar uchun kompensatsiya undirish yuzasidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudida hal qiluv qarori chiqarilgan bo‘lib, qaror ijrosini taminlash maqsadida Majburiy ijro byurosi Navoiy shahar bo‘limi tomonidan Navoiy shahar hokimligi hisob raqamlariga taqiq qo‘yilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-noyabrdagi "Jismoniy va yuridik shaxslarning mulk huquqlari kafolatlarini ta’minlash hamda yer uchastkalarini olib qo‘yilishi va kompensatsiya berish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 911-sonli qaroriga muvofiq tadbirkorlik subyektlariga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulklar davlat va jamoat ehtiyoji uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan yetkazilgan zarar (kompensatsiya) pullarini to‘lab berish choralari ko‘rilmoqda.

Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo‘lsangiz, unda matnni belgilab, (CTRL + ENTER) tugmasini bosing va sayt administratoriga xabarnoma jo‘nating.

Mashhur maqolalar
Fotosuratlar
barchasini ko?rish
Ish tartibi

Ish vaqti: 08.30-18.00s
Dam olish: Shanba, Yakshanba
Ishonch telefonlari:792201019, 792230990

murojaat tartibi
Давлат муассалари билан мулокот килиш максадида Интернет xизматларидан фойдаланганмисиз?

Ха, ва куп маротаба
Йук, ёки айтарли натижага эга булмаганман
Шахсан муассанинг узига мурожаат этганман
Бу хизматлардан бохабар эмасман

Veb-sayt bo`yicha mas`ul

Nasirov Shuxrat Fayzulloevich
Tel: 0436-223-6250
E-mail: navoi@nv.uz

murojaat tartibi
© 2011-2018. Sensorika ishlanmasi Saytdan ma'lumot ko?chirilganda giper havola majburiy!